BEDANA TUXUMI HAKIDA. горячий Tabiatdagi barcha jonzotlar inson uchun qaysidir jihati bilan foydali. Chu jumladan, o‘zining sayrashi bilan odamga xushkayfiyat bag‘ishlovchi bedana va uning tuxumi ham. Xo‘sh, bu jonzot qanday foydali xususiyatlarga ega? Qadimda xalq tabobatida bedana go‘shti va tuxumidan keng foydalanishgan. Go‘shti va tuxumida davolovchi, shifobaxsh xususiyat borligi uchun hatto Misr fir’avnlari ham undan foydalanganlar. Xiva xonligi davrida xon saroyidagi amaldorlar orasida xalifa degan mansabdor bo‘lib, uni xalq «qushchi», «qarchig‘aychi» deya atardi. «Qushchi»ning vazifasi xonlarning shikori uchun o‘rgatilgan ovchi qushlar — burgut, qirg‘ovullarni boqish, shuningdek, xon dasturxoni uchun chumchuq, kaptar, tovus va bedanalarni parvarishlashdan iborat edi. O‘sha vaqtda qush qanchalik kichik bo‘lsa, uning go‘shti shunchalik shirin va shifobaxsh bo‘ladi, degan tushuncha bo‘lgan. Bilamizki, bedana ham kichik qush. U parrandalar oilasining qirg‘ovuldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, tanasining uzunligi 16-20 sm. ni, og‘irligi 80-145 grammni tashkil etadi. Bedana bir yilda 250-300 dona tuxum qo‘yadi. Tuxumi kichkinagina bo‘lib, uchtasi bir tovuq tuxumiga tengdir. Tuxumining og‘irligi 8-14 gramm bo‘lsa, so‘yilgan bedana go‘shtining og‘irligi 100-120 gramm keladi. Bedana 50-60 kunlik davridan (tovuq 120-180 kundan keyin) boshlab tuxum qo‘yadi. Bedana tuxumi tovuqnikiga nisbatan bir necha barobar foydali va ajoyib xususiyatlarga ega. Tovuq tuxumiga qaraganda bedana tuxumi tarkibidagi kaliy 5 barobar, temir 4, 5 barobar, V1 va V2 vitaminlari 2, 5 barobarga ko‘p bo‘lib, A vitamini, nikotin kislotasi, fosfor, mis, lizotsim, kumush va boshqa aminokislotalar ham anchagina. Oqsil moddasi ham boshqa parrandalar tuxumiga nisbatan ancha yuqori. Masalan, tovuq tuxumida oqsil moddasi 55, 8 foizni tashkil etsa, bedana tuxumida 65 foizni tashkil qiladi. Bedana tuxumi odam uchun zarur bo‘lgan, ekologik toza va biologik jihatdan to‘yimli mahsulot hisoblanadi. Yaponiyada bedana tuxumi aholi o‘rtasida eng ko‘p iste’mol etiladigan ozuqadir. Ma’lumki, o‘tgan asrning 1945 yilida Xirosima va Nagasaki shaharlarining bombardimon qilinishidan so‘ng yapon olimlari inson tanasidan radiaktiv elementlarni eng samarali ravishda chiqarishda bedana tuxumini afzal deb bilishgan. Ana shundan beri to hozirgacha Yaponiyada kun tartibiga kiritilgan 12 ta asosiy ozuqa ro‘yxatiga bedana tuxumi ham kiritilgan bo‘lib, har bir yaponiyalik bolakay kunda ikki bora bedana tuxumini davlat hisobidan olishga haqqi bor. Ya’ni, maktab o‘quvchilarining nonushtasiga bedana tuxumi qo‘shib beriladi. Nafaqat Yaponiyada, shuningdek Xitoyda ham aholi yoppasiga bedana tuxumini iste’mol qilishiga guvoh bo‘lganman. Chunki, xitoyliklar ham bu jajji tuxumning katta foydalarini yaxshi bilishadi. Foydali jihatlari Birinchidan, bedana tuxumi xotirani kuchaytirib, ko‘zni ravshanlashtiradi, asab tizimini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, immunitetni oshiradi, ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir tizimini mo‘’tadillashtiradi. Tanadagi radiaktiv va og‘ir metallarni chiqarib tashlashi tajribada isbotlangan. To‘rt-besh donasini xomligicha is’temol qilish erkaklar quvvatini oshiradi. Chuningdek, bedananing harorati yuqori bo‘lgani bois (+42 daraja), o‘tkir yuqumli infektsion kasalliklarga nisbatan ancha chidamlidir. Bedana tuxumida hech qachon salьmoniz kasalligi uchramaydi. Chu bois, uni bemalol xomligicha yoshu qari birdek iste’mol qilishi mumkin. Tovuq tuxumi ba’zi hollarda allergiyani keltirib chiqarsa, bedana tuxumida bu holat kuzatilmaydi. Negaki, bedana tuxumi tarkibidagi maxsus oqsil — ovomoktsid allergiyani qo‘zg‘atmaydi, balki davolaydi. Bulardan tashqari, u bakteriyalarni o‘ldiruvchi, har xil o‘smalarni (rak) o‘sishining oldini oluvchi xususiyatga ham ega. Unda R, Fe, So, A, V1, V2, D, E vitaminlari, kalьtsiy, fosfor, kaliy, kumush va boshqa sog‘lik uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar, mikroelementlar mavjud. Bedana tuxumi oqsil manbai hisoblanadi. Tarkibida 12, 5-13 foiz oqsil, 12 foiz yog‘ bor. Bu mitti tuxumning yana bir shifobaxshligi — qon bosimini normallashtiradi, ya’ni, bosim past bo‘lsa ko‘taradi, yuqori bo‘lsa tushiradi va parishonxotirlikni davolaydi. Undagi «selen» nomli kimyoviy element birikmasi hamda V vitamini organizmning quvvatini kuchaytiradi, immunitetni oshiradi, kasalliklarga chalinishning oldini oladi. Bedana tuxumida xolesterin moddasi deyarli uchramaydi. Uni iste’mol qiladigan kishilar yurak, o‘pka, umurtqa, jigar, oshqozon, oshqozon-ichak kasalliklari, kamqonlik, qattiq bosh og‘rig‘i, surunkali pnevmoniya, bronxial astma, sil kasalligi, qon bosimining tushishi yoki ko‘tarilishi, homiladorlikning og‘ir kechishi (toksikoz) kabi xastaliklardan xalos bo‘ladilar. Uning tarkibidagi vitaminlar va minerallar gemoglobin va qondagi eritrotsitlarni mo‘’tadillashtiradi. Bu tuxumning yana bir xususiyati — uzoq muddatgacha saqlanishidir. Bedana tuxumini xona haroratida 30 kun, sovutgichda 60 kungacha saqlash mumkin. Tadqiqotchilar va tabiblar bedana tuxumini is’temol qilishning inson organizmidagi hech bir a’zoga zarari, salbiy ta’siri yo‘qligini aniqlashgan. Iste’mol qilish tartibi Mittigina, mo‘’jizaviy bu tuxumni nafaqat xomligicha, balki qaynatish, qovurish, hatto dudlash va marinadga (ziravorli sirka-moyga) bosish mumkin. Undan har xil salatlar tayyorlasa bo‘ladi. Bedana tuxumidan kosmetik maqsadlarda foydalanish terining sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishiga yordam beradi. Bolalar (yoshiga qarab) bir kunda 2-4 dona, kattalar 3-5 dona tuxumni ertalab och qoringa iste’mol etishlari kerak. Eng foydalisi, tuxumni xomligicha, och qoringa ichishdir. Buni uch-to‘rt oy davomida surunkali ravishda, tanaffussiz amalga oshirish lozim. Davolash ikki haftadan keyinoq o‘z samarasini ko‘rsatadi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolakaylarga esa bedana tuxumini pishirilgan holda berish kerak. Ha, biz faqat sayrashiga mahliyo bo‘ladigan bedananing tuxumi ko‘p g‘aroyib xususiyatlarga ega. Ташкент Attn: Не указан Print Page Лечение, Болезни, Лекарства, Инструкция - Справочник / http://mku.uz/spravochnik/view.php?id=7433 |